LIVERPUL.NET
КиришРўйхатдан ўтиш
Klopp bo'lajak o'yin oldidan shogirdlarining holati haqida gapirdi

5 ОКТАБР, 00:57

Yangilik rasmi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgenn Klopp APL 8-turida "Lester" bilan bo'ladigan uchrashuvdan oldin Alissonning holati haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

"Balki u o'ynashi mumkin, balki o'ynamas. Kecha Alisson jamoa bilan birinchi mashg'ulotni o'tkazdi. Agar siz darvozabonlar mashg'uloti bilan tanish bo'lsangiz, ular maydondagi o'yinchilarga nisbatan ancha shiddatli harakat qilishini bilishingiz lozim. Alisson chindan ham tetik ko'rinmoqda. Qaror qabul qilishdan oldin bir qancha odamlardan maslahat olishim kerak", — deya Kloppning so'zlarini keltiradi "Liverpul" matbuot xizmati.

SHuningdek, germaniyalik mutaxassis jarohatidan tiklanayotgan himoyachi Joel Matip va yarim himoyachi Jerdan SHakiri "Lester" bilan o'yinda qatnasha olmasligini malum qildi.

"Liverpul" — "Lester" uchrashuvi ertaga, 5 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

ЎҚИЛДИ: 29

БИЛДИРИЛГAН ФИКРЛAР
Umumiy: 1
© LIVERPUL.NET, 2019™
По всем вопросам: @JasOfficial